locale OZ

Hikaru: Sindarov yutqazdi, lekin bu uning kuchsizligini anglatmaydi

Kecha Javohir Sindarov Kibersport bo’yicha jahon chempionatiga yo’llanma beruvchi Chess.com Open turnirini tark etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hikaru: Sindarov yutqazdi, lekin bu uning kuchsizligini anglatmaydi
photo: Chess Uzbekistan

Kecha Javohir Sindarov Kibersport bo’yicha jahon chempionatiga yo’llanma beruvchi Chess.com Open turnirini tark etdi.

Shundan so‘ng Hikaru Nakamura quyidagicha fikr bildirdi:

“Biror o‘yinchi yaxshi natija ko‘rsatdi degani u darhol hammani yengishni boshlaydi degani emas. Sindarov ham hozir qiyinchilikka duch kelmoqda. Dubovga 0:3 hisobida yutqazdi, MVLga ham mag‘lub bo‘ldi.

Lekin bu uning kuchsizligini anglatmaydi bu shunchaki omadsiz turnir, xolos”

Hikaru yana qo‘shimcha qildi:

“Gukeshga qarshi matchgacha ham hali ko‘p vaqt bor, shuning uchun hozircha keskin xulosalar qilishga hojat yo‘q.

Shuni unutmaslik kerakki, hammada pasayish bo‘ladi. Agar sizning ismingiz Magnus Karlsen bo‘lmasa, yo‘lingiz faqat g‘alabalardan iborat bo‘lmaydi. Qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting