Hikaru Nakamura: «Javohir Sindarovga qarshi bahsda jamoam pand berdi»
Amerikalik shaxmatchi Hikaru Nakamura Da’vogarlar turnirida Javohir Sindarovga qarshi partiyadagi tayyorgarlikda nima yuz berganini ochiqladi:
"Kontentdagi muvaffaqiyatimning asosiy sabablaridan biri — atrofimdagi kuchli jamoam. Men jarayonlarga ko‘p aralashmayman, odamlarga to‘liq ishonaman.
Da’vogarlar turnirida ham tayyorgarlikning katta qismi ustidan nazoratim kam edi. Barchasini tahlilchilarga topshirdim. Ehtimol, buni o‘zim qayta tekshirishim kerak edi... Ammo bu vaziyatda ko‘proq jamoamdan ranjidim.
Partiya paytida xato kimdan o‘tganiga 100 foiz amin emasdim. Lekin xolisona aytganda, jamoa meni uyaltirib qo‘ydi. Bahs tugashi bilanoq yordamchim Kris Littljondan: "Faylda rokirovka bormidi?" deb so‘radim. U esa: "Yo‘q, faylda yo‘q edi, bu bizning xatomiz", deb javob berdi.
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 25 kun qoldi