Hikaru Nakamura: Hamma biladi — Gukesh absolyut jahon chempioni bo‘la olmaydi
Barselonada bo‘lib o‘tgan tadbirda Hikaru Nakamura Total Chess World Championship loyihasini keskin tanqid qildi.
— Birinchidan, ko‘pchilik nimanidir “jahon chempionati” deb atash bilanoq, u avtomatik ravishda nufuzli bo‘lib qoladi, deb hisoblaydi. Mening tushunishimcha, Norvegiya bu turnirni “Absolyut jahon chempionati” deb atash huquqini sotib olgan va menimcha, bunga umuman ehtiyoj yo‘q edi. Men bu nomdan foydalanish uchun FIDE’ga litsenziya puli to‘laydiganlarning barchasiga shubha bilan qarayman.
Ikkinchidan, bizda jahon chempionatlari ham, jahon chempionlari ham haddan tashqari ko‘p. Brend qadrsizlanmoqda va bu menga yoqmaydi. Agar Gukesh haqida gapirsak, biroz qo‘pol tuyulishi mumkin bo‘lgan bir fikrni qo‘shaman: u Absolyut jahon chempionatida g‘alaba qozona olmaydi. Buni hamma biladi.
Agar jahon chempionlari juda ko‘payib ketsa, FIDE ham o‘z nufuzini yo‘qotadi. Chunki klassik yo‘nalishdagi jahon chempioni endi dunyodagi eng kuchli shaxmatchi sifatida qabul qilinmay qoladi. Bu jarayon allaqachon boshlangan, ammo shunda vaziyat yanada chalkash bo‘ladi. Shu sababli FIDE bilan bog‘liq deyarli barcha masalalarga men juda skeptik qarayman,
— deya tushuntirdi Nakamura.
Ushbu tadbirda ishtirok etgan Magnus Karlsen esa vaziyatga nisbatan yumshoqroq baho berdi.
— So‘nggi olti-yetti yil ichida internetda shaxmat mashhurligining keskin oshganidan foydalanish borasida FIDE’ning sa’y-harakatlari hech birimizni unchalik ham hayratlantirgani yo‘q. Biroq biroz tezroq formatlarni klassik partiyalar sifatida hisoblash bo‘yicha so‘nggi urinishlarni men ijobiy qabul qilaman.
Umuman olganda esa, yilning kamida 350 kunida FIDE bilan ishlashga majbur bo’lmasligimdan juda xursandman,
— deya tan oldi Magnus.
Total Chess World Championship Pilot turniriga yurtdoshlarimizdan Nodirbek Abdusattorov ham taklif etilgan
Yana ikki ishtirokchi Nomzodlar turniri 2026 yakunlangandan so’ng aniqlanadi