locale OZ

Hasbik: Ey, Topuriya, senga rostdan kamar kerak bo‘lsa, men tayyorman!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Rossiyalik mashhur videobloger va UFC promoushenining elchisi Hasbulla Magomedov (Hasbik nomi bilan tanilgan) shov-shuvli va biroz hazilomuz chiqish qildi. U yarim engil vazn toifasidagi sobiq UFC chempioni Iliya Topuriyaga murojaat qilib, unga qarshi jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

«Ey, Topuriya! Agar rostdan ham sen chempionlik kamarini xohlayotgan bo‘lsang, men tayyorman. Dana Uayt, menga shartnoma yubor! Men UFC chempionlik kamarini yana Dog‘istonga olib kelaman», — deb yozdi Hasbik o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Uning bu bayonoti yarim hazil, yarim jiddiy tarzda aytilgan bo‘lsa-da, muxlislar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Eslatib o‘tamiz, engil vazn toifasidagi vakant UFC kamari uchun Iliya Topuriya va Charlz Oliveira 28 iyun kuni AQShning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena’da bo‘lib o‘tadigan UFC 317 turnirining markaziy jangini o‘tkazishadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting