locale OZ

Hamzat Chimayev vazn toifasini oʻzgartiradi va ikkinchi chempionlik kamari uchun jang qiladi — foto

31 yoshli jangchi aprel oyida oktagonga koʻtarilishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hamzat Chimayev vazn toifasini oʻzgartiradi va ikkinchi chempionlik kamari uchun jang qiladi — foto
FOTO: Getty Images

Oʻrta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, magʻlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 31 yoshli Hamzat Chimayev yuqori divizionga koʻtarilishga qaror qildi. Bu haqda taniqli jurnalist Kevin oʻzining X (sobiq Twitter) sahifasida maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, Chimayev 11-aprel kuni Mayami mezbonlik qiladigan UFC 327 turnirining markaziy jangida Irji Proxazka bilan toʻqnash keladi. Mazkur qarama-qarshilikda yarim ogʻir vazn toifasining vakant (bo‘sh qolgan) chempionlik kamari oʻrtaga tikiladi.

Qayd etilishicha, xabarlar tarqalishidan biroz avval Chimayev ijtimoiy tarmoqda shunchaki «205» (yarim ogʻir vazn limiti) raqamini qoldirdi. Bu esa uning rasman 93 kg vaznga oʻtayotganiga ishora sifatida qabul qilinmoqda.

Hozircha ushbu vaznning amaldagi chempioni Aleks Pereyraning kelajagi borasida rasmiy maʼlumotlar mavjud emas. Avvalroq tarqalgan xabarlarga koʻra, Pereyra ogʻir vazn toifasiga oʻtib, Oq uyda Jon Jons bilan jang oʻtkazishi mumkinligi taxmin qilinayotgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting