Hamzat Chimayev Pavel Durovni oʻz jamoasiga taklif qildi
UFCning 84 kg vazn toifasidagi mag‘lubiyatsiz chempioni, 31 yoshli Hamzat Chimaev navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va uning burchagida kim bo‘lishini ham o‘zi tanlamoqda.
Chimaev axborot texnologiyalari sohasidagi yirik tadbirkor, «VKontakte» va «Telegram» asoschisi Pavel Durovni o‘z jamoasiga qo‘shilishga taklif qildi.
«Birodar, keyingi jangimda mening burchagimda bo‘lasanmi?» — deb yozdi Chimaev X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Hamzat Chimaev UFC tarixida mag‘lubiyatsiz chempion bo‘lgan 16-jangchi sifatida qayd etilgan. Uning professional rekordida 15 ta g‘alaba bor, ulardan 12 tasi muddatidan avval yakunlangan.
Chimaevning so‘nggi jangi avgust oyida o‘tgan UFC 319 musobaqasida bo‘lib, unda u Drikus Dyu Plessini mag‘lub etgan edi.