Hamzat Chimayev navbatdagi jangini oktyabr oyida Abu-Dabida o‘tkazmoqchi
UFC chempioni 10 may kuni Shon Striklendga qarshi oktagonga koʻtariladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
O‘rta vazn toifasida (84 kg gacha) UFC chempioni Hamzat Chimayev o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning oktyabr oyida o‘tkazishga umid qilayotganini ma’lum qildi.
«Hozir bor e’tiborimni faqat Shon bilan bo‘ladigan jangga qaratishga harakat qilyapman. U bilan bo‘ladigan bahsdan so‘ng o‘zimni qanday his qilishimni ko‘ramiz. Oktyabr oyida Abu-Dabida jang qila olaman deb umid qilaman. Bu yer mening uyim, arena yashash joyimdan bor-yo‘g‘i besh daqiqalik masofada joylashgan. Bu ajoyib bo‘lar edi», — deya Chimayevning so‘zlarini keltirmoqda UFC matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Nyuarkda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan UFC 328 turnirida Chimayev sobiq chempion, amerikalik Shon Striklend bilan to‘qnash keladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist