locale OZ

Hamzat Chimayev MMA'dagi faoliyatini qachon yakunlashini maʼlum qildi

31 yoshli jangchi oʻrta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hamzat Chimayev MMA'dagi faoliyatini qachon yakunlashini maʼlum qildi
FOTO: Getty Images

UFCning o‘rta vazn toifasidagi (84 kg gacha) amaldagi chempioni, BAA sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli mag‘lubiyatsiz sportchi Hamzat Chimayev MMA’dagi faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Hozir to‘xtashga hali erta. Oxirgi jangim oldidan ba’zilar meni faoliyatimni yakunlashim haqida gapirishdi. Men bo‘lsam hali uzoq mehnat qilishim kerak deb hisoblayman. Qachonki sportdan zavq olishni to‘xtatsam, o‘shanda ketaman. Ammo hozir men baxtliman», — dedi sportchi.

Ma’lumot o‘rnida, Hamzat Chimayev Shimoliy Amerika ligasi tarixida professional darajada mag‘lubiyatga uchramay turib chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan 16-jangchiga aylandi. «Borz» laqabi bilan tanilgan sportchi 2018-yildan buyon o‘tkazgan 15 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan (shundan 12 tasi muddatidan oldin).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting