Hamzat Chimaev RAF Moscow turnirida Tayron Vudliga qarshi jang qiladi
Sobiq UFC chempioni Hamzat Chimaev navbatdagi jangini sobiq UFC yarim o‘rta vazn chempioni Tayron Vudliga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda RAF (Real American Freestyle) tashkiloti rasman ma’lum qildi. Jang 5-sentabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan RAF Moscow turnirining markaziy bahsi bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu to‘qnashuv erkin kurash qoidalari bo‘yicha tashkil etiladi. Chimaev hozirda UFC'da Shon Striklendga qarshi revansh jangini kutayotgan bo‘lsa-da, faol sport formasini saqlab qolish maqsadida RAF turnirida ishtirok etishga qaror qilgan.
Qizig‘i shundaki, Tayron Vudli bundan avval ham RAF doirasida jang qilishga rozilik bergan. U 22-avgust kuni turnirning boshqa oqshomida Xoakin Bakliga qarshi bahs olib boradi. Agar ushbu uchrashuvda jiddiy jarohat olmasa, oradan ikki hafta o‘tib Hamzat Chimaevga qarshi gilamga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimaev RAF'dagi so‘nggi ishtirokida Dillon Denisni mag‘lub etgandi. Tayron Vudli esa uzoq tanaffusdan so‘ng yana faol ishtirok eta boshladi va endi ketma-ket ikki yirik RAF turnirida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.