Hali magʻlubiyatga uchramagan jangchi Islam Maxachevga chaqiruv tashladi
UFCning yarimo‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Maykl Morales amaldagi chempion Islam Maxachevni jangga chorladi.
Divizion reytingida uchinchi o‘rinni egallab turgan 26 yoshli ekvadorlik jangchi rossiyalik chempiondan shartnomaga qo‘l qo‘yishni talab qilmoqda.
«Mening nigohim chempionlik kamariga qaratilgan. Islam, shartnomaga qo‘l qo‘y», — deb yozdi Morales o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Maykl Morales professional MMA’dagi faoliyatini 2017 yilda boshlagan. Hozirga qadar u 19 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 15 tasini u muddatidan avval qo‘lga kiritgan.
O‘zining so‘nggi jangida — Nyu-Yorkda o‘tgan UFC 322 turnirida Morales amerikalik Shon Bredini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. 34 yoshli Islam Maxachev esa hozirda nafaqat o‘z vaznining, balki vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) UFC’ning eng kuchli jangchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.