Hal qiluvchi bahs arafasida muhim uchrashuv
Bugun Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi–2026 final bosqichi C guruhi doirasida so‘nggi — 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi peshqadam Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu bahs oldidan Milliy terma jamoani qo'llab quvvatlash uchun Jakartaga yetib kelgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov terma jamoa a’zolari bilan uchrashib, futbolchilarga ruhiy ko‘mak va motivatsiya berdi.
“Osiyo kubogida o‘tkinchi uchrashuvlar bo‘lmaydi. Sizlarning har bir harakatingiz O‘zbekiston nomi bilan bog‘liq. Bu sharafli yo‘lda biz sizlarga ishonamiz. Alloh madadkor bo‘lsin!” — dedi O‘FF rahbari.
Uchrashuv futbolchilarning ruhiy holatini ko‘tarish va hal qiluvchi o‘yinlar oldidan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi