locale OZ

Habib Nurmuhamedov UFC prezidentiga Islаmning navbatdagi jangi bo‘yicha murojaat qildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Sobiq UFC chempioni, yengil vazn toifasida o‘z nomini muhrlab qo‘ygan Habib Nurmuhamedov do‘sti va shogirdi Islаm Maxachev masalasida UFC prezidenti Dana Uaytga ochiq murojaat bilan chiqdi. 36 yoshli Habib o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Dana Uaytdan imkon qadar tezroq Islаmning navbatdagi jangi rasmiy e’lon qilinishi lozimligini ta’kidladi.

“Dana, Islаmga jang manzilini jo‘nat,” — deb yozdi Nurmuhamedov qisqa va aniq murojaatida.

Bu murojaat jonli muhokamalarga sabab bo‘ldi va Maxachev ham unga befarq qolmadi. UFC chempion jangchi Habibning so‘zlariga qisqagina javob berdi:

“Kut!” — deb yozdi Islаm.

Ayni vaqtda Islаm Maxachev UFC’ning umumiy reytingida (pound-for-pound) yetakchi bo‘lib turibdi. Shu bois, uning keyingi jangi borasidagi savollar muxlislar va mutaxassislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting