locale OZ

Habib Nurmagomedov mag‘lubiyatsiz jamoadoshi bilan jang qildi (video)

Jarayondan lavhani PFL chempioni Usmon Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Habib Nurmagomedov mag‘lubiyatsiz jamoadoshi bilan jang qildi (video)
Foto: Getty Images

UFC’ning sobiq chempioni Habib Nurmagomedov o‘z jamoasidagi mag‘lubiyatsiz MMA jangchisi Amru Magomedov bilan mashg‘ulotda kurashdi. Jarayondan lavhani PFL chempioni Usmon Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Videoda Habib va Amru grappling mashg‘ulotida kuch sinashayotgani ko‘rinadi. Usmon esa vaziyatni hazil bilan sharhlab, Amruni faolroq harakat qilishga undagan.

Amru Magomedov ayni paytda professional MMA’dagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Dog‘istonlik jangchi 2017-yilda professional faoliyatini boshlagan va 2026-yildan PFL’da ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Magomedov professional faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Hozircha uning hisobida birorta ham mag‘lubiyat yo‘q.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting