Habib Nurmagomedov – Inbazar.uz brendining yuzi
MMA jahon yulduzi va sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zbek sport kiyimlari brendi Inbazar.uz bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Kompaniya bu haqda rasmiy ravishda Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Shartnoma doirasida Nurmagomedov olti oy davomida brend reklama ishlarida ishtirok etadi hamda o‘zbek mahsulotlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qiladi.
Internetda e’lon qilingan fotosuratda Habib yangi kolleksiyadagi sport kiyimida namoyon bo‘ldi. Kompaniya ma’lumotida qayd etilishicha, ushbu sport kiyimi 30 kun ichida sotuvga chiqariladi.
Habib Nurmagomedov — UFC tarixidagi eng taniqli jangchilardan biri. U o‘z faoliyatini mag‘lubiyatsiz, 29-0 natija bilan yakunladi va tashkilot tarixida yengil vaznda chempionlikka erishgan birinchi rossiyalik sportchi sifatida nom qozondi. U o‘zining intizomi, xarizmasi va an’analarga sadoqati bilan millionlab muxlislarning hurmatiga sazovor bo‘lgan.
