locale OZ

Gulruhbegim Tohirjonova: Bu mukofot men uchun ishonch ramzi

O‘zbekistonlik shaxmatchi «Kelajak Bunyodkori» mukofoti bilan taqdirlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar va iqtidorli mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda ishtirok etgan va «Kelajak Bunyodkori» davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

— «Bu mukofot men uchun katta sharaf va ulkan mas’uliyat ramzi. Kamtarona mehnatimni e’tirof etib, menga bunday yuksak baho berganlari uchun hurmatli Prezidentimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Ushbu mukofot ishonch va hurmatning timsoli bo‘lib, Vatan ravnaqiga xizmat qilish yo‘lida yanada mas’uliyatli bo‘lishga undaydi. Yurtimiz iftixori bo‘lish uchun bor kuch va g‘ayratimni safarbar etaman!», — dedi Tohirjonova.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil boshida Gulruhbegim Tohirjonova AQSH terma jamoasidan chiqib, yana O‘zbekiston nomidan chiqishni boshlagandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting