locale OZ

Gulistonda mingga yaqin ishtirokchini jamlagan ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi

1000 nafarga yaqin ishtirokchi faol qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gulistonda mingga yaqin ishtirokchini jamlagan ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Фото: Сирдарё вилояти спорт бошқармаси

Joriy yilning 7-aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun erta tongdan Guliston shahrida keng ko‘lamli ommaviy yugurish musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat Bojxona boshqarmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazildi.

“Talaba-yugur” hamda “Inson uchun” shiori ostida tashkil etilgan ushbu marafon aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratildi.

Musobaqada viloyatning turli hududlaridan kelgan yoshlar, talabalar, sport ixlosmandlari hamda tashkilot va muassasalar xodimlaridan iborat 1000 nafarga yaqin ishtirokchi faol qatnashdi. Marafon yuqori kayfiyat, sport ruhi va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi.

Yugurish yakunida eng faol va yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting