locale OZ

Gulistonda Karate WKF bo‘yicha kumite seminari muvaffaqiyatli tashkil etildi

Joriy yilning 27–31-may kunlari Guliston shahrida sportning Karate WKF turi bo‘yicha kumite yo‘nalishiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar yuqori saviyada tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Gulistonda Karate WKF bo‘yicha kumite seminari muvaffaqiyatli tashkil etildi
photo: karate Uzbekistan

Joriy yilning 27–31-may kunlari Guliston shahrida sportning Karate WKF turi bo‘yicha kumite yo‘nalishiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur seminar yosh karatechilar va murabbiylarning nazariy hamda amaliy bilimlarini oshirish, zamonaviy kumite usullarini o‘rgatish, sportchilarning musobaqalardagi ishtirokini yanada samarali tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Seminar mashg‘ulotlarini Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, tajribali mutaxassis Sulaymon Yusupov olib bordi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga kumite bahslarida qo‘llaniladigan zamonaviy texnik va taktik harakatlar, xalqaro musobaqalar qoidalari, hakamlar tomonidan baholash mezonlari hamda jang davomida to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, seminar davomida sportchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini mustahkamlash, raqibga qarshi samarali harakatlanish, hujum va himoya elementlarini mukammallashtirish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Yosh karatechilar tajribali murabbiy rahbarligida o‘z mahoratlarini oshirib, kelgusidagi nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Besh kun davom etgan seminar yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbir sportchilar va murabbiylar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, karate sport turini yanada ommalashtirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting