locale OZ

Guliston shahrida mexanik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston kubogi bahslari 25-dekabr kuni yakunlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Guliston shahrida mexanik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: Akademik eshkak eshish

Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida mexanik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov, O‘zbekiston «ROWING & CANOE» federatsiyasi bosh kotibi Vyacheslav Didrix, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining viloyat ijrochi direktori Bahodirxo‘ja Eshonov, Guliston Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Iftixor O‘roqov, shuningdek sport sohasi vakillari ishtirok etdi.

Musobaqada mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan eng kuchli sportchilar qatnashmoqda. Turnir keskin va tomoshabop bahslar muhitida o‘tib, milliy sport taqvimidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston kubogi 25-dekabr kuni yakunlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting