Gukeshning murabbiyi: “U bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi”
Jahon chempioni Gukeshning murabbiyi Grzegorz Gajewski shogirdining Samarqanddagi Olimpiada ishtirokiga baho berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Gukeshning murabbiyi: “U bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi”
Jahon chempioni Gukeshning murabbiyi Grzegorz Gajewski shogirdining Samarqanddagi Olimpiada ishtirokiga baho berdi.
“Gukeshga juda yaxshi o‘ynay olishini yana bir bor eslatish foydali bo‘ldi.”
Gayevskiyning aytishicha, Gukeshning natijasi ishonch uchun muhim bo‘lgan. Shaxmat nuqtayi nazaridan esa u Olimpiadani “yaxshi, lekin a’lo emas” deb baholagan va Gukesh bundan ham kuchliroq o‘ynay olishini ta’kidlagan. Murabbiy uchun eng muhim jihat — Gukeshning ruhiy jihatdan kuchli ko‘ringani.
Gukesh Samarqandda 8,5/11 natija qayd etdi va 4-doskada kumush medal oldi. Endi esa uning oldida eng katta sinovlardan biri turibdi — noyabr oyida Javohir Sindarovga qarshi Jahon chempionligi matchi.