Gukesh: Sindarov bilan o‘yin shunchaki oddiy partiya emas edi
Gukesh jahon chempioni sifatida bo‘lajak toj uchun bahsdagi raqibi Javohir Sindarov ustidan qozonilgan g‘alaba uning uchun qanchalik ahamiyatli ekani haqida gapirib berdi.
Gukeshning aytishicha, bu shunchaki rapid (tezkor shaxmat) bo‘lsa-da, bo‘lajak raqibga qarshi o‘ynashning o‘ziga xos yuki bor:
"To‘g‘ri, bu rapid o‘yini, jahon chempionligi uchun match esa mutlaqo boshqacha tajriba bo‘ladi. Lekin bo‘lajak raqibingga qarshi bunday partiyalarni ham o‘ziga xos ahamiyati bor.
Men bor e’tiborimni shaxmat taxtasiga qaratishga harakat qildim, lekin o‘ylaymanki, bu partiya ikkimiz uchun ham ahamiyatli edi. Ding Liren bilan matchimdan oldin ham shunday his bo'lgan edi. Buni sezmaslik ilojsiz."
Gukesh g‘alabadan keyin o‘z his-tuyg‘ularini yashirib o‘tirmadi:
"O'yindan keyingi o'sha harakatni o‘zim uchun qildim. Chunki, o‘yin juda yuqori bosim bilan o‘tdi. Shu sababli, hayajon ustida shunday qildim, deb o‘ylayman. Bundan tashqari, partiyadan avval Voytashekka yutqazib qo‘ygandim, shuning uchun darhol o‘zimga kelib olishim kerak edi."