locale OZ

Gukesh: Karlsenga qarshi bunday o‘yinni 100 martadan 99 tasida yutqazar edim

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Hindistonlik grossmeyster, jahon chempioni Gukesh Dommaraju Norvegiyadagi turnirda Magnus Karlsenga qarshi qo‘lga kiritgan g‘alabasini sharhladi.

«Vaziyat men uchun deyarli yutqazishsiz edi, shunchaki xavfli yurishlarni sinab ko‘rishga qaror qildim. Omadim kelib, Karlsen tsetnotga tushib qoldi. Bu turnirda vaziyat bir zumda o‘zgarib ketishi mumkinligini yana bir bor angladim.

Bunday o‘yinlarni 100 martadan 99 tasida yutqazar edim. Ammo bu safar omad mendan bo‘ldi. Turnirdagi holatim uchun muhim g‘alaba. Hozir natijam 50 foizga teng. Magnusni klassik o‘yinda ilk bor mag‘lub eta oldim. Balki bundan ham yaxshiroq g‘alaba orzu qilardim, lekin bu natijani ham qabul qilaman», — dedi Gukesh.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting