locale OZ

Gruziyada Yevropa kurash konfederatsiyasining kongresi bo'lib o'tdi

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Gruziyada Yevropa kurash konfederatsiyasining kongresi bo'lib o'tdi
PHOTO: Telegram

Bugun, 11 aprel kuni Gruziyaning sayyohlik markazi sifatida tan olingan Batumi shahrida Yevropa kurash konfederatsiyasining Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu yirik sport tadbiri nafaqat Yevropa, balki butun dunyodan kurash muxlislarini o‘ziga tortdi. Qurultoy davomida sportni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va kelgusida musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

Kongressning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Gruziya sport vaziri Shalva Gogoladze va Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri Adxam Ikromovlar oʻz chiqishlarida sportda yuksak marralarni zabt etishda oʻzaro hamkorlik muhimligini taʼkidladilar. Ular Yevropa kurash konfederatsiyasining yangi yutuqlari, sport sohasidagi o‘zgarishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Vazirlar, xususan, kurashni yoshlar o‘rtasida ommalashtirish va uni davlat darajasida qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalari haqida so‘z yuritdilar.

Kongressda, shuningdek, Yevropa Kurash Konfederatsiyasi prezidenti Merampi Iliadis, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ziyoviddin Xodjiniyozov, IKA Bosh kotibi Muhammad Riza Nassiri, IKA maʼmuriyati rahbari Mansur Mirzaev, Konfederatsiya rahbarlari,
O'zbekiston kurash federatsiyasi rahbarlari, Yevropa Kurash Federatsiyalari prezidentlari va delegatsiyalar ishtirok etdi.

Shuningdek, 2026-yilda oʻtkaziladigan xalqaro va mintaqaviy musobaqalar taqvimi ham muhokama qilindi. Konfederatsiya joriy yilning oxirigacha qabul qilinadigan musobaqalar va ishtirokchi davlatlar bilan kelishuvlar sanalari haqida qoʻshimcha rasmiy eʼlon qilishi maʼlum qilindi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting