locale OZ

Gretsiyada Pankhellenik Kurash chempionati bo‘lib o‘tdi

2026 yil 7–8 mart kunlari Gretsiyaning Amynteo shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Pankhellenik Kurash chempionati bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gretsiyada Pankhellenik Kurash chempionati bo‘lib o‘tdi
photo: Kurash Uzbekistan

2026 yil 7–8 mart kunlari Gretsiyaning Amynteo shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Pankhellenik Kurash chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa mamlakatning ushbu yosh toifalaridagi eng kuchli polvonlarini aniqlash hamda Gretsiya terma jamoasi tarkibini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. G‘olib va sovrindor sportchilar kelgusida xalqaro, qit’a va jahon chempionatlarida mamlakat sharafini himoya qilish uchun saralab olindi.

Nufuzli musobaqada Gretsiyaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 24 ta sport klubidan jami 163 nafar sportchi gilamga chiqdi. Bellashuvlar yuqori saviyada, keskin va murosasiz ruhda o‘tdi.

E’tiborga molik jihati shundaki, Gretsiya kurashi tarixida ilk bor ushbu chempionatda ko‘zi ojiz sportchilar ham ishtirok etib, o‘zlarining matonati va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar. Bu esa kurash sportining inklyuzivlik tamoyillariga sodiqligini va uning tobora keng ommalashib borayotganini namunasidir.

Musobaqa yakunida tashkilotchilar barcha ishtirokchi sportchilarga, ayniqsa imkoniyati cheklangan sportchilarga Kurashga bo‘lgan fidoyiligi va faol ishtiroki uchun alohida minnatdorlik bildirdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting