GRENKE fristayl shaxmat turnirida Sindarov g‘alaba bilan boshladi
Germaniyaning Grenke shahrida Grenke Freestyle Chess Open shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbek grossmeysteri Javohir Sindarov A guruhdagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab, birinchi turda Germaniyalik Detlev Voltern ustidan g‘alaba qozondi. Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Magnus Karlsen oq toshlarda Germaniya vakili Vinsents Hillermanni mag‘lub etdi.
Fabiano Karuana, Uesli So, Levon Aronyan (barchasi - AQSH), Arjun Ergaysi (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya), Shahriyor Mamedyarov (Ozarbayjon) va Yan Nepomnyashchiy (FIDE) kabi mashhur grossmeystarlar ham ilk turda g‘alaba qozondi.
Grenke Freestyle Chess Open turnirining sovrin jamg‘armasi 225 000 yevroga teng. Chempion 60 000 yevro hamda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan fristayl turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin uchun 40 000 yevro, uchinchi o‘rin uchun esa 30 000 yevro berildi. Kuchli o‘ntalikka kirgan har bir shaxmatchiga 3000 yevrodan taqdim etiladi. 18 aprel kuni ikkinchi tur doirasida Javohir Sindarov oq toshlarda Germaniyalik Yonas Roznerga qarshi o‘ynaydi. Magnus Karlsen esa Chexiya vakili Vatslav Finekka qarshi qora toshlarda bellashadi.