locale OZ

Grenke chess festival 2026: jahon shaxmat elitasi Karlsrueda

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 285 000 yevroni tashkil etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grenke chess festival 2026: jahon shaxmat elitasi Karlsrueda
Фото: Chess Uzbekistan

2–6-aprel kunlari Germaniyaning Karlsruhe shahrida an’anaviy “Grenke Chess Festival 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 285 000 yevroni tashkil etadi. Shundan 70 000 yevro klassik yo‘nalish, 215 000 yevro esa “Freestyle” yo‘nalishi uchun ajratilgan.

“Freestyle Open A” guruhida jahonning eng kuchli grossmeysterlari — Magnus Carlsen, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboev, Vincent Keymer hamda Hans Niemann kabi yetakchi shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonlik ishtirokchilar orasida “Freestyle Open A” guruhida Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov va Afruza Hamdamova bellashmoqda.

4-turdan keyingi natijalar:

Freestyle Open A guruhi:
Nodirbek Yakubboev — 4/4
Nodirbek Abdusattorov — 3,5/4
Shamsiddin Vohidov — 3,5/4
Afruza Hamdamova — 3/4

Grenke Open guruhi:

Muhammadali Abdurahmonov — 4/4
Muhammadzohid Suyarov — 4/4
Humoyun Begmuratov — 3,5/4
Gulruhbegim Tohirjonova — 3/4

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting