locale OZ

Grek-rum kurashi. Yerevan gilamida yana bir muvaffaqiyat!

Armanistonning Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan Benur Pashayan Grek-rum kurashi bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grek-rum kurashi. Yerevan gilamida yana bir muvaffaqiyat!
photo: Kurash Uzbekistan

Armanistonning Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan Benur Pashayan Grek-rum kurashi bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etdi.

Musobaqada Rossiya, Belarus, Gruziya, Eron, Norvegiya, Moldova, Finlyandiya, Polsha, Estoniya, Armaniston, AQSh va O‘zbekiston kabi kuchli kurash maktablariga ega davlatlar sportchilari bahs olib bordilar.

Sportchilarimizning natijalari:
-55 kg — Jasurbek Ortiqboev — 1-o‘rin
-55 kg — Xojiakbar Kuchkorov — 2-o‘rin
-60 kg — To‘xtaev Firuz — 3-o‘rin
-67 kg — Oybek Sharibjonov — 3-o‘rin

Jamoamizni musobaqaga murabbiylar Ravshan Ro‘zikulov va Rustam Kudratov tayyorladilar. Sportchilarimizning xalqaro maydondagi ushbu muvaffaqiyati yurtimiz grek-rum kurashi rivojiga qo‘shilgan navbatdagi munosib hissa bo‘ldi.

Barcha sovrindorlarimizni va murabbiylarimizni samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting