Grand Slam Track 2025 yilgi mavsumini muddatidan oldin yakunladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: championat.com
Grand Slam Track 2025 yilgi musobaqalar mavsumini rasman yakunladi va 28–29 iyun kunlari Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining Dreyk stadionida o'tkazilishi kerak bo'lgan so'nggi musobaqasini bekor qildi.
«Grand Slam Track’ning birinchi mavsumini yakunlash haqidagi qaror oson qabul qilinmadi. Biz bu yil qo'yilgan maqsadlarga erishdik deb hisoblaymiz va e’tiborni 2026 yil hamda undan keyingi davrga qaratayapmiz», — dedi Grand Slam Track asoschisi va komissari Maykl Jonson.
Bu bayonot Grand Slam Track’ning ilk mavsumini yakunlaydi. Ushbu mavsum doirasida Kingston (Yamayka), Mayami (Florida) va Filadelfiya (Pensilvaniya) shaharlarida uchta musobaqa muvaffaqiyatli o'tkazilgan edi.
Bakradze Iman
Redaktor