locale OZ

Gervonta Dеvis – Lamont Roach revanshi: jang sanasi o'zgardi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gervonta Davis – Lamont Roach revanshi: jang sanasi o'zgardi
Rasm: gettyimages.com

Insayder Mike Coppinger xabariga ko'ra, WBA yengil vazn chempioni Gervonta Dеvis va Lamont Roach o'rtasidagi revansh jangining yangi sanasi 16-avgust etib belgilandi.

Avvalroq ushbu to'qnashuv 21-iyun kuni o'tkazilishi rejalashtirilgandi, biroq Dеvis tayyorgarlikni chuqurroq olib borish maqsadida jangni keyinroqqa surishni so'ragan.

2025-yil mart oyidagi birinchi jang durang bilan yakunlangan, hakamlar qarori esa jamoatchilik orasida jiddiy bahslarga sabab bo'lgan edi. Revansh ushbu bahslarga nuqta qo'yishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting