Germaniyaning Xaydenxaym shahrida shpaga bo'yicha qilichbozlik bo'yicha o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlandi
Germaniyaning Xaydenxaym shahrida shpaga bo'yicha qilichbozlik bo'yicha o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlandi.
26-yanvardan 2-fevralgacha davom etgan lager 5-fevralda boshlanadigan erkaklar o'rtasidagi Jahon chempionati (kattalar toifasi) ga tayyorgarlik doirasida samarali bo'ldi.
Xalqaro lagerda quyidagi mamlakatlardan sportchilar ishtirok etishdi:
🇦🇺 Avstraliya, 🇪🇪 Estoniya, 🇩🇪 Germaniya, 🇯🇵 Yaponiya, 🇦🇹 Avstriya, 🇦🇪 BAA, 🇺🇦 Ukraina, 🇰🇿 Qozog'iston, 🇺🇿 O'zbekiston, 🇮🇱 Isroil, 🇫🇮 Finlyandiya va 🇭🇰 Gonkong.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Javoxir Nurmatov, Meyirxon Timurov, Ahmadjon Fayziev va Nurmuhammad Mo'minov
Xaydenxaymdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini an'anaviy ravishda yuqori darajadagi raqobat, intensiv sparring mashqlari va kuchli xalqaro tarkib bilan ajralib turdi, bu esa sportchilarga o'z mashg'ulotlarini musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirish imkonini berdi.
O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati jamoamizga bo'lajak Jahon kubogi bosqichida ishonchli o'yinlar, ta'sirchan g'alabalar va aniq zarbalar tilaydi.