locale OZ

Gelfand: “Nomzodlar turnirida eng muhim narsa — o‘ziga ishonchi yo‘qolgan raqibga duch kelish”

2011-yilgi Nomzodlar turniri g'olibi Boris Gelfand turnirda omad va psixologiyaning rolini tushuntirib berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Gelfand: “Nomzodlar turnirida eng muhim narsa — o‘ziga ishonchi yo‘qolgan raqibga duch kelish”
photo: Chess Uzbekistan

2011-yilgi Nomzodlar turniri g'olibi Boris Gelfand turnirda omad va psixologiyaning rolini tushuntirib berdi.

“Albatta, omad har qanday turnirda muhim, lekin bu yerda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Shuningdek, omad faqat raqib xato qilishi bilan emas — masalan, sizga aynan kerakli paytda yutqazib kelayotgan yoki ketma-ket ikki partiyani boy bergan o‘yinchi tushishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.”

Gelfandning aytishicha, bunday vaziyatda o‘yinchi o‘z imkoniyatlarini boshqacha his qiladi:

“Shunda sizda g‘alaba imkoniyati ko‘proqdek tuyuladi. Ayniqsa turnirning ikkinchi yarmida o‘yinchilar ko‘proq xavfga boradi, chunki birinchi o‘rin bilan qolgan o‘rinlar orasidagi farq juda katta.”

U yana bir muhim jihatni ta’kidladi:

“Ba’zida esa siz aynan g‘alaba juda zarur bo‘lgan raqibga duch kelasiz. Bu ham katta omil. Lekin kim qachon shunday holatda bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi — bu odatda 7–8-turlardan keyin ma’lum bo‘ladi.”

Yakuniy xulosa esa shunday:

“Nomzodlar turnirida eng muhim narsa — bu imkoniyatlarini yo‘qotayotgan yoki o‘ziga shubha qila boshlagan raqibga duch kelish.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting