locale OZ

Garri Kasparov yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Afsonaviy shaxmatchi terrorchilik faoliyatiga da'vat qilishda ayblanmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Garri Kasparov yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
FOTO: Getty Images

Shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov terrorchilik faoliyatiga da’vat qilish yoki terrorizmni oqlash ishi doirasida yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti sud hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kasparovga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi 2-qismi (OAV yoki internetdan foydalangan holda terrorchilik faoliyatiga ochiq da’vat qilish, terrorizmni ochiq oqlash yoki targ‘ib qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxs besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, tergov organlari Kasparovni qamoqqa olish masalasida Moskvaning Zamoskvoretskiy tuman sudiga iltimosnoma bilan murojaat qilgan.

Garri Kasparov Rossiya moliyaviy monitoring xizmati tomonidan terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, xorijiy agent funksiyalarini bajaruvchi jismoniy shaxs sifatida qayd etilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting