Garri Kasparov Sindarov haqida: \"U xuddi 60-yillarning o'rtalaridagi Spasskiy kabi o'ynaydi\"
Jahon shaxmatining afsonasi Garri Kasparov Javohir Sindarovning Nomzodlar turniridagi (Candidates) ishtiroki haqida fikr bildirib, uning tezligi, aniqligi va uslubini yuqori baholadi:
"Kiprda Sindarov yaxshi va tezkor o'yinning ajoyib uyg'unligini namoyish etdi. Bu vaqtni tejash va juda yuqori sifatli yurishlarni topish o'rtasidagi muvozanatdir. U g'alabaga mutlaqo haqli edi.
Agar o'xshatish qidiradigan bo'lsam, ehtimol Spasskiyni aytgan bo'lardim. Juda ko'p qirrali uslub. Spasskiy 60-yillarning o'rtalarida aynan shunday o'ynagan: tez, donalar uchun to'g'ri kataklarni intuitiv ravishda topa olardi. Shu bilan birga, Sindarovning o'yinida dinamika ham bor.
Agar Sindarov xuddi shunday energiya, bosim va aniqlik bilan o'ynashda davom etsa, uni buyuk kelajak kutmoqda"