locale OZ

Gandbolchi qizlarimiz Pokistondagi xalqaro turnirda qatnashadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbolchi qizlarimiz Pokistondagi xalqaro turnirda qatnashadi
PHOTO: Telegram

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoalari poytaxtimizdagi Xalqaro aeroportidan Sharja (Birlashgan Arab Amirliklari) shahri orqali Pokistonning Faysalobod shahriga yo‘l oldi.

U erda gandbolchilarimiz o‘n etti yoshgacha (U-17) va o‘n to‘qqiz yoshgacha (U-19) bo‘lgan qizlar jamoalari o‘rtasida tashkil etiladigan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III - Markaziy Osiyo bosqichida ishtirok qilishadi.

Terma jamoamiz tarkibida Urganch RANCh texnologiya universitetining sport klubi a’zolari, qolaversa, Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiyi Mansurbek Bobojonov va tarbiyalanuvchilari Ilmira Bayjanova, Zuhra Erkaboyeva va So‘najon Sharipboyeva ham bor.

Jamoalarimizga omad va g‘alabalar yor bo‘lsin!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting