locale OZ

Gandbol. Toshkentda xalqaro hakamlar o'quv kurslari boshlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol. Toshkentda xalqaro hakamlar o'quv kurslari boshlandi
PHOTO: Telegram

Bugun O‘zbekiston gandbol federasiyasida Osiyo gandbol federasiyasi (AHF) shafeligida qit'amiz hakamlarining o‘quv kursi boshlandi.



Unda yetti davlatning 20 nafardan oshiq gandbol hakami AHF hakamlar qo‘mitasi raisi janob Saleh Bin Ashur (Birlashgan Arab Amirliklari) boshchiligida malakalarini yanada oshirishga kirishdi.

Ta'kidlash joiz, AHF ushbu xalqaro o‘quv kursini o‘tkazishni mamlakatimizga ishonib topshirishining o‘ziga xos sabablari bor. Zero, keyingi yillarda mamlakatimizda gandbol bo‘yicha jahon va qit'a miqyosidagi musobaqalar yuqori saviyada uyushtirilmoqda. Turli yosh toifasidagi jamoalarimiz esa sovrinli o‘rinlarni egallamoqda. Qolaversa, hakamlarimiz nufuzli xalqaro musobaqalar uchrashuvlarini yuksak darajada boshqarishmoqda. Tabiiyki, bular Xalqaro va Osiyo gandbol federasiyasi e'tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting