locale OZ

Gandbol. \"Talabalar ligasi\" turniri bo'lib o'tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol. "Talabalar ligasi" turniri bo'lib o'tdi
PHOTO: Telegram

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning talaba-gandbolchilaridan iborat 15 tadan erkaklar va ayollar jamoasi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqaning ayollar birinchiligida Urganch davlat pedogogika instituti gandbolchilari yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Xorazmlik qizlar guruh bosqichida Jizzax davlat pedagogika universiteti (33:16) va Guliston davlat universiteti (25:19) jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi. Yarim finalda Termiz davlat pedogogika instituti (46:34) vakilalari dog‘da qoldirildi.

Mansurbek Bobojonovning shogirdlari final o‘yinida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasini 41:34 hisobida yengib, chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting