locale OZ

Gandbol. Qizlar terma jamoamiz Belarus termasini mag‘lub qildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol. Qizlar terma jamoamiz Belarus termasini mag‘lub qildi
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston yoshlar va qizlar terma jamoalarining Belarus davlatida o‘tkazayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini foydadan holi bo‘lmayapti. Gandbolchilarimiz nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan tashqari mahalliy jamoalar bilan nazorat uchrashuvlarini ham o‘tkazishmoqda.

Biroz oldin, qizlarimiz 2008 yilda tug‘ilgan gandbolchilardan tashkil topgan Belarus terma jamoasi bilan bellashishdi. O‘yinni ko‘tarinki kayfiyatda uyushtirgan vakilalarimiz 31:28 hisobida zafar quchishdi. Terma jamoamiz aʼzosi Sarbinaz Saparbayeva eng yaxshi o‘yinchi, deb topildi.

Bosh murabbiy Zinaida Penkova va katta trener Zafarbek Azimovning shogirdlari oldingi o‘rtoqlik uchrashuvida Minsk shahrining “Zvezda” ayollar jamoasi bilan durang o‘ynagan edi, 41:41.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting