locale OZ

Gandbol. Pokistondagi turnirni vakillarimiz g'alabalar bilan boshlashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol. Pokistondagi turnirni vakillarimiz g'alabalar bilan boshlashdi
PHOTO: Telegram

Pokiston davlatida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasidagi Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III - Markaziy Osiyo bosqichi boshlandi.

Musobaqaning ilk uchrashuvida O‘zbekiston U-17 va Qirg‘iziston U-17 terma jamoalari maydonga tushishdi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik qizlar raqibalariga nisbatan har tomonlama kuchli ekanliklarini isbotlashdi. Tabiiyki, natija ham shunga yarasha bo‘ldi. Yakuniy hisob – 61:18.

Hamyurtimiz Ilmira Bayjanova O‘zbekiston U-17 va Qirg‘iziston U-17 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Shuningdek, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ham musobaqadagi birinchi o‘yinini o‘tkazishdi. Bu gal qizlarimiz Mo‘g‘uliston terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi. Bu qarama-qarshilikda terma jamoamiz gandbolchilari 53:12 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.

So‘najon Sharipboyeva O‘zbekiston U-19 va Mo‘g‘uliston U-19 terma jamoalari uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Terma jamoalarimizning ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yinlari:
O‘zbekiston U-17 -Turkmaniston U-17
Pokiston U-19 -O‘zbekiston U-19.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting