locale OZ

Gandbol. “Parij butunjahon o‘yinlari”da o‘zbekistonlik sportchilar chempionlikni qo‘lga kiritdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol. “Parij butunjahon o‘yinlari”da o‘zbekistonlik sportchilar chempionlikni qo‘lga kiritdi
Photo: Спорт вазирлиги

“Parij butunjahon o‘yinlari”da gandbolchi qizlarimiz chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fransiyaning Parij shahrida bir necha kun davom etgan “Parij butunjahon o‘yinlari” (“Paris World Games”) yakuniga yetdi.

Quvonarlisi, U-18 yosh toifasidagi qizlardan iborat O‘zbekiston milliy jamoasi 2015 yilda asos solingan ushbu nufuzli musobaqada ilk bor qatnashganiga qaramay, U-18 birinchiligi chempioni degan sharafli nomni qo‘lga kiritdi.

Qizlarimiz hal qiluvchi o‘yinda “Dole-Choussin” HC (Fransiya) jamoasi ustidan 29:11 hisobida g‘alaba qozonib, haqli ravishda shohsupaning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tish joiz, terma jamoamiz ushbu zafarli yo‘lning guruh bosqichida Braziliya (32:14), “Dole-Choussin” HC (Fransiya, 22:8), “Volenseiennes Handball” VHB2 (Fransiya, 24:17), yarim finalda “Pays De Lesneven Handball” (Fransiya,18:9) jamoalarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting