locale OZ

Gandbol. O‘zbekiston yoshlar jamoasi O‘zbekistonda o‘tayotgan Osiyo chempionatidan chetlashtirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol. O‘zbekiston yoshlar jamoasi O‘zbekistonda o‘tayotgan Osiyo chempionatidan chetlashtirildi
Фото: UzA

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan O‘zbekiston terma jamoasi chetlashtirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

"Osiyo chempionatining hal qiluvchi bahslari boshlanishiga bir kun qolganda O‘zbekiston milliy jamoasining guruhdagi barcha natijalari bekor qilindi. Osiyo gandbol federatsiyasi tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra, mamlakatimiz milliy jamoasidagi bir qator o‘yinchilarning hujjatlarida noaniqliklar aniqlangan. O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bu bo‘yicha Xalqaro gandbol federatsiyasiga apellyatsiya xati yuborgan", — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting