Gandbol. O‘zbekiston terma jamoasi saralashni g‘alaba bilan boshladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Toshkentda 19 yoshli qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Xitoy Taypeyi, Gonkong va Hindiston bilan bahslashadi.
Bugun turnirning dastlabki bellashuvida o‘zbekistonlik qizlar Hindistonga qarshi o‘ynadi. Bellashuv 46:19 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Keyingi turda O‘zbekiston terma jamoasi Gonkongga qarshi 21 avgust kuni bellashadi.
Ma’lumot uchun, ushbu chempionat 2026 yilgi U20 jahon chempionatiga saralash hisoblanadi. Yarim finalga chiqadigan to‘rtta jamoa jahon birinchiligi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor