Gandbol. O'zbekiston kubogiga start berildi. Birinchi kungi natijalar
Bugun Toshkent shahridagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining gandbol zalida kattalar (erkaklar va ayollar) jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi start oldi.
Erkaklar birinchiligi jamoalari. Qoraqalpog‘iston respublikasi, Surxondaryo viloyati, OKMK (Toshkent viloyati), “Ma'mun” (Xorazm viloyati, Ma'mun universiteti), Toshkent shahri terma jamoasi, O‘zDJTSU (Toshkent viloyati, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti), “Konchi” (Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti), O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi.
Ayollar birinchiligi jamoalari. Qoraqalpog‘iston respublikasi, Samarqand viloyati, OKMK (Toshkent viloyati), “RANCh” (Xorazm viloyati, Urganch RANCh texnologiya universitenti), ROPSTTM (Toshkent shahri, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi), O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi.
Erkaklar birinchiligi. “Ma'mun” – O‘zDJTSU - 38:17, Toshket sh. – “Konchi” - 29:40, Qoraqalpog‘iston – Surxondaryo - 25:24, OKMK – O‘zbekiston yoshlar - 39:23.
Ayollar birinchiligi. OKMK – ROPSTTM - 35:12, RANCh – Samarqand - 51:43.