locale OZ

Gandbol. Ikkinchi kunni ham g'alaba bilan boshladik

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol. Ikkinchi kunni ham g'alaba bilan boshladik
PHOTO: Telegram

Pokiston davlatining Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III - Markaziy Osiyo bosqichining ikkinchi kungi dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston U-17 va Turkmaniston U-17 terma jamoasi o‘zaro kuch sinashdi. Gandbolchilarimiz musobaqadagi asosiy raqibalarini ham dog‘da qoldirishdi, 39:20. Natijada, terma jamoamiz 4 ochko bilan U-17 birinchiligida yakka peshqadamga aylanib oldi.

Kunning so‘ngi uchrashuvida Pokiston U-19 -O‘zbekiston U-19 jamoalari bahs olib boradi.

Jamoalarimizga omad va g‘alabalar yor bo‘lsin!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting