locale OZ

Gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Фото: Edu.uz

Joriy yilning 12–18-dekabr kunlari Termiz shahrida gandbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ulligida tashkil etildi.

Bellashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan yosh gandbolchilar o‘zaro bahs olib bordilar. Qizg‘in va hayajonli kechgan musobaqalarning final bosqichi ham murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin — TerDU talabalaridan iborat Surxondaryo jamoasi
2-o‘rin — Toshkent shahri jamoasi
3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Samarqand viloyati jamoasi
2-o‘rin — Xorazm viloyati jamoasi
3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting