G‘alaba halollikdan boshlanadi: og‘ir atletikachilarimiz uchun antidoping seminari o‘tkazildi
Halol sport va toza raqobat — yuksak natijalarning eng muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda og‘ir atletikachilarimiz uchun antidoping qoidalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi sportchilar o‘rtasida dopingga oid qoidabuzarliklarning oldini olish, shuningdek ularni xalqaro hamda milliy antidoping talablari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan sportda taqiqlangan moddalar va usullar, ularning inson salomatligi hamda sport faoliyatiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar antidoping tizimining asosiy tamoyillari bilan tanishib, bu boradagi bilim va tushunchalarini mustahkamladi.
Mazkur tadbir sportchilar o‘rtasida halol raqobat ruhini mustahkamlash, shuningdek, sport faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.