locale OZ

Fuzuli Xayrullaev: “Pley-offga tayyorgarlikni boshlaymiz”

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fuzuli Xayrullaev: “Pley-offga tayyorgarlikni boshlaymiz”
PHOTO: Telegram

“Oil Star” – “Bunyodkor” (3:1) jamoalari uchrashuvidan keyin buxoroliklar bosh murabbiyining oʼyin haqidagi fikrlarini soʼradik.

- Bugungi uchrashuv uchun “Bunyodkor” jamoasiga minnatdorchilik bildiraman. “Bunyodkor” jamoasiga bugun ochko suv va havodek zarur edi. Ulardan bugun shiddatli oʼyinni kutgan edik. Shunday ham boʼldi. Bizning yigitlar esa kechagi gʼalabadan keyin muddatidan oldin pley-off yoʼllanmasini rasmiylashtirgach, bugun sustkashlikka yoʼl qoʼyishdi. Keyingi oʼyinlarda bunday xatolarni qilmasligimiz kerak. Oldinda masʼuliyatli bosqich turibdi. Jamoamiz yuqori maqsad sari harakatlanayotgan bir paytda oddiy xatolar ham qimmatga tushishi mumkin. Guruh bosqichi yakuniga yetgach bolalarga qisqa muddatli dam beramiz va pley-offga jiddiy tayyorgarlikni boshlaymiz.

Ushbu bahsdan so'ng, 5 o‘yinda 100% natija ko‘rsatgan "Oil Star" 15 ochko bilan birinchi, ikkinchi g‘alabasini rasmiylashtirgan "Neftchi" 7 ochko bilan ikkinchi bo‘lsa, uchinchi o‘rindagi "Bunyodkor" hisobida 3 ochko mavjud. Bundan kelib chiqadiki, oxirgi turda qanday natija qayd etilishidan qat`i nazar "qaldirg‘ochlar" "Neftchi"ga yeta olmaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting