Futzal. UFF prezidenti o'smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi
Futzal bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 22–31-oktyabr kunlari Bahraynda bo'lib o'tadigan III Osiyo yoshlar o'yinlarida ishtirok etadi.
Safar oldidan O'zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov jamoa a'zolari bilan uchrashib, ularga samimiy tilaklarini bildirdi.
UFF rahbari uchrashuv davomida mazkur musobaqa 2026-yilda Senegalda bo'lib o'tadigan Yoshlar Olimpiadasiga saralash vazifasini o‘tashini ta'kidladi va futbolchilardan kuchli uchlikka kirib, yo'llanma olishni maqsad qilishlarini so'radi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov jamoa musobaqaga to'liq tayyor ekanini ma'lum qildi. Jamoa sardori Abdulboriy Ilyosov va bosh shifokor Lazizbek Teshabekov futbolchilarning jismonan sog'lom va ruhan shay ekanini ta'kidlab, ishonch uchun minnatdorlik bildirishdi.