locale OZ

Futzal. UFF ishchi guruhi Andijon va Namanganda bo‘lib qaytdi

Ular vodiyda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. UFF ishchi guruhi Andijon va Namanganda bo‘lib qaytdi
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston futzal federatsiyasining ishchi guruhi mamlakat birinchiligi arafasida ishtirokchi jamoalarning tayyorgarlik darajasi va hududiy sharoitlarni o‘rganish maqsadida Andijon va Namangan viloyatlariga xizmat safari uyushtirdi.

Safari Andijon viloyatidan boshlandi. UFF vakillari viloyat Sport boshqarmasi, Futbol assotsiatsiyasi rahbarlari hamkorligida “Bobur” futzal klubi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Uchrashuvda jamoaning tayyorgarligi, mavjud infratuzilma va ko‘rsatilayotgan ko‘mak masalalari muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida ishchi guruh Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Bu yerda “Lochinlar” futzal klubi bazasida olib borilayotgan tayyorgarlik jarayoni, shart-sharoitlar hamda jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Klub rahbariyati bilan suhbat davomida raqobatbardosh jamoani shakllantirish, maqsad va vazifalar muhokama qilindi.

Shu tariqa O‘zbekiston futzal federatsiyasi vakillarining Farg‘ona vodiysiga qilgan safari nihoyasiga yetdi va ishchi guruh Toshkentga qaytib ketdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting