Futzal. To‘purarlar poygasida kurash keskinlashmoqda
Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga bahslarining to‘purarlar poygasidagi raqobat keskinlashmoqda. Ikki yetakchi – Elbek To’lqinov va Muzaffar Axadjonovning peshqadamlik mavqeiga jizzaxlik “legionerlar” – Hebberth Oliveira va Jean Aldemiro tomonidan jiddiy raqobat boshlandi. Ayniqsa bu borada Boltning shashti ancha baland. Oliveira de Jesus Souza Hebberth o’tgan mavsum Muzaffar Axadjonovdan bitta to’pga ortda qolgandi. Bu yil ham kurash jizzaxlik hujumchilar o’rtasida kechsa ajabmas. Sababi, “Oil Star” hujumchisi so’nggi ikki turda maydonga tushmaydi. Shu paytgacha karvonboshilik qilib kelgan To’lqinov Indoneziya chempionatida ikkinchi o’rinda borayotgan jamoa taklifini qabul qilib, Jakartaga uchib ketdi.
10-turdan keyin Elbek To‘lqinov hisobida 31 ta gol bor. Muzaffar Axadjonov raqiblar darvozasiga 27 ta, Oliveira de Jesus Souza Hebberth esa 23 ta gol kiritgan.
“BMB PFC” jamoasining yana bir vakili Jean Aldemiro Silva de Jesus 18 ta gol bilan to’rtinchi o’rinni egallab turgan bo’lsa, “Lokomotiv” hujumchisi Burhoniddin Sodiqov, OKMK dan Muzaffar Abdukarimov va “Nasaf” vakili Odiljon Asomov, BMB PFC dan Vitor Manoel da Silvalar 17 ta gol bilan keying pog’onalarni band etib turishibdi.
SQB hujumchisi Dilmurod Shavkatov hamda “Lokomotiv”dan Eldor Nigmatovlar 16 tadan gol bilan kuchli o’nlikdan joy olishgan.