Futzal. To‘purarlar poygasida g’oliblik keyingi turda aniqlanadi
Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga bahslarining to‘purarlar poygasida peshqadamlar o’zgargani yo’q. Bir tur muqaddam Indoneziya chempionatiga yo’l olgan Elbek To’lqinovning ko’rsatkichini (31) yaxshilash imkoniyati “BMB PFC” hujumchilari Muzaffar Axadjonov (27) hamda Hebberth Oliveira (26) da mavjud. Ammo buning uchun jizzaxlik forvardlar so’nggi turni o’ta sermahsul o’tkazishlari lozim bo’ladi.
“BMB PFC”ning yana bir vakili Jean Aldemiro (20) ga bu turda SQB hujumchisi Dilmurod Shavkatov (20) yetib oldi.
Bankchilardan bu turni sermahsul o’tkazgan Paxaro Simankas 19 ta gol bilan oltinchi o’ringa ko’tarilib olgan bo’lsa, bir yo’la tort nafar hujumchi Burhoniddin Sodiqov (“Lokomotiv”), Muzaffar Abdukarimov (OKMK), Toxirbek Abdukarimov (“Maksam-Chirchiq”) hamda Leandro Rocha Batista (“Oil Star”) lar hisobida 18 tadan gol mavjud.