locale OZ

Futzal. To‘purarlar poygasida Elbek To‘lqinov peshqadam

Uning hisobida 31 ta gol bor.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. To‘purarlar poygasida Elbek To‘lqinov hamon peshqadam
Фото: Ўзбекистон футзали

9-turdan keyin to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilib kelayotgan “Oil Star” hujumchisi Elbek To‘lqinov hisobidagi gollari sonini bittaga oshirib oldi – 31 ta gol. Uning eng yaqin ta’qibchisi – “BMB PFC” hujumchisi Muzaffar Axadjonov ham bu turda o’z hisobiga bitta gol yozdirib qo’ydi – 25 ta gol.

“BMB PFC” jamoasining ikki hujumchisi esa umumiy guruhdan biroz ilgarilab ketdi. Jumladan, Oliveira de Jesus Souza Hebbert 20 ta gol bilan uchinchi o‘rindagi mavqeini mustahkamlab olgan bo’lsa, Jean Aldemiro Silva de Jesus ham 18 ta gol bilan sof to’rtinchi pog’onaga ko’tarildi.

“Lokomotiv” hujumchisi Burxoniddin Sodiqov, SQB vakili Dilmurod Shavkatov, OKMK dan Muzaffar Abdukarimov hamda “Oil Star”dan Rohca Batista Leandrolar hisobida esa 15 tadan gol bor.

Keyingi o‘rinlarda 14 ta gol urgan Ixtiyor Ropiyev (“Nasaf”), Akbar Usmonov (SQB), Eldor Nigmatov (“Lokomotiv”), Ramirez Usuga Jhonny Alexandro (SQB) lar borishmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting